Instagram foydalanuvchilar kutgan yangi funksiyani taqdim etdi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmog‘i yangi funksiya joriy qildi: endi foydalanuvchilar haqoratli xabarlarni yashirishlari mumkin. Bu haqda kompaniya blogida aytilgan.  

Qayd etilishicha, funksiyani xohishga qarab yoqish mumkin. Agar foydalanuvchi buni amalga oshirsa, xizmat algoritmi shaxsiy xabarlarga yuborilgan so‘rovlarni haqorat, salbiy yoki odobsiz emojilar uchun tekshiradi. 

"Ushbu vosita shaxsiy xabarlar uchun so‘rovlarga qaratilgan, chunki aynan shu yerda, odatda odamlar haqoratli xabarlarni qabul qilishadi", deyilgan xabarda. 

Funksiya bir nechta mamlakatlarda qo‘llanilmoqda, keyinchalik uni ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ishlata olishi mumkin bo‘ladi. 

Avvalroq, Instagram o‘z foydalanuvchilariga postlari ostidagi "layk"larni yashirish imkoniyatini taqdim etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing