Instagram'da so‘z erkinligi bo‘g‘ilishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Instagram ijtimoiy tarmog‘i internetdagi bezoriliklar va xaqoratli izohlarni cheklamoqchi. Shu maqsadda kompaniya postlarga negativ izohlar qoldirishni taqiqlashni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

Shu kunlarda ushbu xususiyat sinovdan o‘tmoqda. Kompaniya shuningdek, haqoratli izohlarni bir necha bor qoldirgan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha ogohlantirish xususiyatini ham tekshirmoqda.

"Yomon izoh qoldirayotgan odam fikrini o‘zgartirishi uchun biz bu usulning qo‘l kelishini payqadik", deyilgan ijtimoiy tarmoq bayonotida. 

Yangi ogohlantirishlar odamlarning bir qadam orqaga chekinib, so‘zlari va yozganlari oqibatlari haqida o‘ylashga chaqiradi. 

Mutaxassislarning fikricha, bunga Instagram'ga davlatlarning rasmiy idoralari va shaxslari tomonidan bo‘layotgan shikoyatlar sabab bo‘lmoqda. Eskpertlar bu orqali ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi bo‘g‘ilishidan xavfsiramoqda. 

Avvalroq, Instagram'ning Direct bo‘limiga Facebook Messenger’ning xususiyatlari kiritilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Instagram

Baholaganlar

78

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing