Instabloger Doniyor Qayumov sudda aybiga iqror bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Instabloger Doniyor Qayumovga o‘z sahifasida e’lon qilgan videolaridan birida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni targ‘ib qilgani uchun 6 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Doniyor Qayumov shu yilning 20 fevral kuni o‘zining shaxsiy Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylagan. 

Sud majlisida bloger o‘z aybiga iqrorligini bildirib, mazkur videoni yuklab, 4-5 soat o‘tganidan so‘ng o‘chirib yuborganini aytgan. Shuningdek, u videoni olishdan maqsad ayollarga tazyiq yoki zo‘ravonlik ko‘rsatish emasligini hamda bu holat boshqa qaytarilmasligini bildirgan.

Sud tomonidan Doniyor Qayumov Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan mazkur kodeksning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida, ya’ni 6 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bloger Bobur Mansurov tomonidan qizlarni masxara qilib olingan nam salfetkalar reklamasi haqidagi video qonunchilikka zid deb topilgan edi. Blogerning ushbu videosi o‘chirtirilgan, uning o‘zi esa videoni namoyish qilishda xotin-qizlarni kamsitish maqsadi bo‘lmaganini ta’kidlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

jarima Doniyor Qayumov instabloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing