Insoniyatga ikkita dahshatli jahon urushi tahdid solayotgani aytildi
Olam
−
11 Oktabr 2021
49011AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat uchinchi va to‘rtinchi jahon urushlariga olib kelishi mumkin. Bu haqda Amerikaning “19Fortyfive” nashri sharhlovchisi Robert Farli yozgan.
“Vashington va Pekin qarama-qarshiligi, katta ehtimol bilan, bitta hal qiluvchi to‘qnashuv bilan tugamaydi, balki bir qator qurolli kampaniyalarga olib keladi”, deb yozgan u.
Sharhlovchining fikricha, ikki buyuk davlat Tayvan uchun jang boshlashi mumkin.
“Agar AQSH kuchlari Xitoy xalq ozodlik armiyasini mag‘lub qila olsa, bu Pekinni orol bilan birlashish g‘oyasidan voz kechishga majburlamaydi”, deydi Farli.
Uning fikricha, XXR Qo‘shma Shtatlar bilan vaqtinchalik sulh tuzadi, keyin esa bahsli hududni qo‘shib olish uchun yana zarba beradi.
“Xitoy Tayvan kampaniyasida g‘olib bo‘lsa ham, u AQSH bilan asosiy qarama-qarshiliklarni yo‘q qilmaydi. Osiyo davlatlarining Xitoy xalq ozodlik armiyasining harbiy muvaffaqiyatiga munosabatini oldindan aytish qiyin bo‘lsa-da, bu voqeadan so‘ng Vetnam, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlar Vashington bilan yaqinroq ittifoq tuzishga intiladi, deb taxmin qilish mumkin. Bu esa boshqa mojaro uchun old shartlarni yaratadi”, deyilgan xabarda.
Farliga ko‘ra, Tinch okeanining g‘arbiy qismida har qanday qurolli to‘qnashuv falokat bo‘ladi hamda Osiyo va Shimoliy Amerika o‘rtasida rivojlangan infratuzilma, moliyaviy va savdo aloqalarini buzadi.
Maqola muallifi insoniyat bunday ssenariydan qochishga qodir bo‘lishiga umid bildirgan.
Avvalroq, AQSHda Xitoydan kelib chiqadigan tahdidlar bilan kurashish bo‘yicha markaz yaratilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi