“Insoniyat g‘alaba qozonishi kerak”. Saloh G‘azodagi shafqatsizliklarni qoralab chiqdi (video)

Sport

image

“Liverpul” va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh G‘azo sektoridagi voqealar haqida gapirdi.

 

“Bu paytda gaplashish har doim ham oson emas. Juda ko‘p zo‘ravonlik va yurakni ezuvchi shafqatsizliklar bo‘lyapti. So‘nggi haftalardagi xunrezliklarni kuzatish chidab bo‘lmas darajada. Hamma odamlarning hayoti qadrli  va ularni himoya qilish kerak. Qon to‘kilishini to‘xtatish kerak. Oilalar buzilmoqda. Hozir G‘azoga gumanitar yordam berishga zudlik bilan ruxsat berilishi kerak. U yerda odamlar dahshatli sharoitda kun kechirmoqda. Shifoxonadagi “manzaralar” ayanchli. G‘azo aholisi oziq-ovqat, suv va dori-darmonlarga muhtoj. Men dunyo yetakchilarini begunoh odamlarning o‘ldirilishining oldini olishga chaqiraman. Insoniyat g‘alaba qozonishi kerak”, deydi Saloh.

Saloh G‘azo sektori aholisi ehtiyojlari uchun katta miqdorda moliyaviy xayriyani ham amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “Nitssa” klubi a’zosi Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi posti uchun klubdan chetlatilgani xabar qilingandi. Shuningdek, fransiyalik “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema G‘azodagi holatlar bilan bog‘liq posti uchun Fransiya Ichki ishlar vaziri tomonidan terrorchiga chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made