“Inson ijodining ko‘zgusi”: audiovizual materiallar qachondan ommalashgan?

Bu qiziq

image

2005 yilda UNESCO Bosh konferensiyasi o‘zining 33-sessiyasida 27 oktyabrni Butunjahon audiovizual meros kuni (World Day for Audiovisual Heritage) deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani tasdiqladi.  

Qarorda ta’kidlanishicha, audiovizual merosni asrab-avaylash uchun alohida sa’y-harakatlar talab etiladi, chunki axborot tashuvchilar juda zaif va qisqa umr ko‘radi. 

Har yili ushbu kun ma’lum bir muammo doirasida muayyan mavzuga bag‘ishlanadi. Xalqaro sanaga bag‘ishlangan tadbirlar qatoridan quyidagilar joy oladi: audiovizual hujjatlarni saqlashning ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, konferensiyalar va ommaviy ma’ruzalar, milliy kino arxivlari, audiovizual jamiyatlar, televideniye yoki radio va hukumat tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahalliy dasturlar, filmlar namoyishi va boshqalar. 

Audiovizual merosga filmlar, radio va teledasturlar, audio va video yozuvlar kiradi. Bunday hujjatlarni ommaviy tarqatish XX asrda boshlangan va hozirda ular birlamchi ma’lumotlarning asosiy tashuvchilaridan biri hisoblanadi. 

Ular til va madaniy chegaralarni yengib o‘tishga yordam beradi, savodli va savodsiz odamlar tomonidan eshitish yoki vizual tarzda bir xil darajada samarali qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, audiovizual hujjatlar an’anaviy yozma axborot vositalariga qo‘shimcha bo‘ldi. 

Audiovizual arxivlar butun dunyodagi odamlar va madaniyatlar haqida so‘zlaydi. Ular jamiyatlarning madaniy, ijtimoiy va lingvistik xilma-xilligini aks ettiradi. Audiovizual arxivlar odamlarning o‘sishiga va dunyoni tushunishiga yordam beradi. 

UNESCO sobiq rahbari Irina Bokovaning so‘zlariga ko‘ra, audiovizual materiallarga “inson ijodining ko‘zgusi va madaniyatlarimizning jonli to‘qimalari sifatida qarash kerak”. 

Unga ko‘ra, bu merosni saqlash uning haqiqiy qiymatini bilishga bog‘liq. Afsuski, uning muhim qismi qiymatni noto‘g‘ri tushunish, kimyoviy parchalanish yoki texnologik qoloqlik natijasida qaytarib bo‘lmaydigan darajada nobud bo‘lgan. Ammo odamning Oyga birinchi qo‘nishi kabi lahzalarni yo‘qotishni tasavvur qilish mumkinmi? 

Audiovizual meros juda zaifdir. UNESCO esa ushbu qisqa muddatli materiallarni saqlash va almashishda yetakchi rol o‘ynadi. 1997 yilda yaratilgan “Jahon xotirasi” xalqaro reyestri hozirda jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 300 dan ortiq hujjatli meros, jumladan audiovizual merosni o‘z ichiga oladi. 

Butunjahon audiovizual meros kuni merosning insonlar ongida tinchlikni saqlashdagi rolini ta’kidlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

meros audiovizual

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing