Gradskiyning 3-rafiqasi meros da’vo qilmoqda
Madaniyat-san’at
−
28 Oktabr 2023
6043Mashhur rossiyalik qo‘shiqchi va bastakor Aleksandr Gradskiyning vafotidan deyarli ikki yil o‘tib, uning qarindoshlari meros bo‘yicha tortishuvlarni davom ettirmoqda. Xususan, uning uchinchi rafiqasi san’atkor bilan tuzilgan nikoh shartnomasiga asoslanib, merosning yarmini talab qilyapti. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, bir necha kun avval Moskvaning Tver sudi uning mol-mulkini besh qismga ajratgan. Mulk qo‘shiqchining so‘nggi rafiqasi Marina Kotashenko va boshqa ayollaridan tug‘ilgan to‘rt nafar bolasi o‘rtasida taqsimlangan. Xonandaning uchinchi rafiqasi Olga Gradskaya esa u bilan nikohi paytida olingan mol-mulkining yarmini ajratishni so‘ragan, biroq sud ushbu so‘rovni rad etgan.
Qonunga ko‘ra, musiqachining sobiq rafiqasi to‘g‘ridan to‘g‘ri merosxo‘r emas. Shunga qaramay, ularga qishloqdagi uy berilgan. Gradskiyning bevasi Katashenkoga va qolgan ikki farzandiga esa Moskva markazidagi kvartira va qo‘shiqchiga tegishli asosiy uyning yonidagi bino berilgan. Biroq Gradskaya taqsimotdan norozi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Gradskiy hayoti davomida 4 marotaba turmush qurgan. Uning so‘nggi rafiqasi Marina Kotashenko edi. Olga Gradskaya (Fartisheva) esa xonanda bilan 1980 yildan 2001 yilgacha yashagan.
Gradskiy 2021 yil 28 noyabrda miya infarkti sabab 73 yoshda vafot etgan. Uning o‘limidan so‘ng, meros taqsimoti va bu borada kelishmovchiliklar boshlangan.
LiveBarchasi