Meros mashmashasi: Prigojinning boyliklari kimga qoladi?
Olam
−
11 Sentabr 2023
13271Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Vagner” xususiy kompaniyasining marhum rahbari Yevgeniy Prigojinning merosi bo‘yicha ish ochildi. Bu haqda “Vagner”ga yaqin VCHK-OGPU kanali xabar berdi.
Prigojinning ishi meros bo‘yicha ishlar reyestrida paydo bo‘lgan. “Vagner” rahbarining asosiy boyligi "Concord Management and Consulting" kompaniyasi sanaladi. Shuningdek, Prigojin "Riteyl" OAJga, "Ritm" MCHJning 80 foiziga, "Aurum" MCHJ kompaniyasining 49 foiziga egalik qilgan. Qurilish sektorida “Shimoliy Versal” kottejlar jamoasi va “Laxta Plaza” majmuasi ham bor. Boshqa aktivlar: oltin va uglevodorod qazib oluvchi “Yevro polis” kompaniyasi, saroylar, avtoturargoh va xususiy Hawker samolyoti mavjud.
Meros ishi Sankt-Peterburg notarial palatasidan Anatoliy Akulenko tomonidan ochilgan. Kartada Yevgeniy Prigojinning tug‘ilgan sanasi va o‘lim sanasi ko‘rsatilgan.
Dastlab, Prigojin vasiyatnoma qoldirmagan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilingan. Bunday holatda meros quyidagicha – Prigojinning rafiqasi Lyubov Prigojinaga 50% mulk, qolgan qismi esa tadbirkorning onasi va bolalariga taqsimlanardi.
Biroq Prigojin vasiyat qoldirgan. Unga ko‘ra, deyarli butun oilaviy biznes uning o‘g‘li 25 yoshli Pavelga o‘tadi. Prigojinnig qizlari Veronika va Polina deyarli hech narsa olmaydi. Pavel hammaga o‘zini otasining vorisi deb e’lon qilgan.
Pavel Prigojin oldinroq otasining "mol-mulkini" saqlab qolish niyatida ekanini, masalan, "Patriot" va "Trollar fabrikasi" media guruhini jonlantirishini aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, merosxo‘r go‘yoki aktivlar bilan operatsiyalar uchun Kreml roziligini olishi kerak. Ammo Dmitriy Peskov bunday jarayonlar siyosiy rahbariyat manfaatiga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.
LiveBarchasi