Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonga kelmoqda
Jamiyat
−
06 mart 2023
7865Joriy yilning 13-15 mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari buyicha oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy komissar O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shuningdek, tashrif rejasiga Folker Tyurkning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar qilishi ham kiritilgan.
LiveBarchasi