Ingushetiya muftiysi koronavirus qurboni bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Ingushetiya Respublikasi muftiysi Abdurahman Martazanov COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Muftiy kecha kechasi og‘ir ahvolda pnevmoniya bilan shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki koronavirus testi musbat natija bergan.

O‘z navbatida, Ingushetiya kengashi vakili Alimovning ma’lum qilishicha, respublika diniy idorasi aholi vakillaridan janoza uchun to‘planmaslikni va qoidalarga amal qilishni so‘ragan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 13 584 nafarga yetdi. Ularning 106 nafari vafot etgan va 1045 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing