Infeksiya O‘zbekistondagi 19 ta oilada qayd etilgan
Jamiyat
−
10 aprel 2020
15316Tahlillarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi O‘zbekistondagi 19 ta oilada qayd etilgani va ulardan oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga tarqagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, kasallik 94 ta holatda chet elda bo‘lgan fuqarolarda aniqlangan hamda ulardan ketma-ketlikda tarqalgan 440 ta holatda O‘zbekiston fuqarolari kasal bo‘lgan.
“Bugungi kunda xorijdan kelgan 94 nafar fuqarodan tarqalishi mumkin bo‘lgan 100 mingdan ortiq aholining to‘liq ro‘yxati shakllantirilib, har biri bo‘yicha alohida-alohida surishtirish ishlari, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda”, dedi Bahrom Almatov.
Ma’lum bo‘lishicha, chet eldan yuqtirib kelgan fuqarolar orqali 40 ta korxona, tashkilotlarda ishlaydigan hamkasblariga yuqtirganlik holatlari aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi