Indoneziyadagi aviahalokatning ehtimoliy sababi aytildi

Olam

image

Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-500 samolyoti dvigatelni boshqarish tizimidagi nosozlik tufayli qulagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 9 yanvar kuni sodir bo‘lgan aviahalokat bo‘yicha tergov bilan tanish manbalarga asoslanib xabar berilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot parvozining bir qator parametrlari uchun javobgar bo‘lgan ikkita dvigateldan birida nosozlik kuzatilgan. 

Bortdagi ekipaj tizimning ish faoliyatini mustaqil ravishda tiklashga harakat qilgan, bu dvigatellarda muvozanatsizlik keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing 737-500 samolyotlari bitta dvigatel ishlagan holda xavfsiz ucha oladi va uchuvchilar ham shu kabi vaziyatlarni hal qilishga o‘rgatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasining Boeing 737-500
samolyoti joriy yilning 9 yanvar kuni Jakarta yaqinidagi Yava dengiziga, Laki oroli yaqiniga qulab tushgan. Bortda 62 kishi, jumladan, o‘n nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

aviahalokat Indoneziya

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing