Indoneziyada Telegram bloklanishi mumkin
Olam
−
29 avgust
2072Indoneziya Telegram va Bigo Live striming ilovasini mamlakatda pornografiya tarqalishi va onlayn qimor o‘yinlarini targ‘ib qilish ehtimoli tufayli bloklashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Aloqa va axborotlashtirish vaziri Buri Are Setiadiga tayanib, “Jakarta Globe” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, vazirlik allaqachon ikkala platformaga ham qattiq ogohlantirish bergan. Biroq Telegram va Bigo Live’ning javoblari “adekvat emas”.
“Men Bigo Live va Telegram’ni zudlik bilan bloklashni ma’qul ko‘raman, lekin avvalo jamoa ko‘proq izlanishlar olib borishi kerak. Biz o‘z jamoamiz tomonidan to‘plangan dalillar asosida harakat qilamiz. Agar pornografiya yoki qimor o‘yinlari reklamasi haqida dalillarni topsak, platformalarni blokirovka qilish jarayonini davom ettiramiz", deydi vazir Buri Are Setiadi
Setiadiga ko‘ra, Telegram va Bigo Live’ning oldingi javoblariga qaramay, kontentni moderatsiya qilish va muammolarni hal etish bo‘yicha va’da qilingan yangilanishlar hali amalga oshirilmagan.
Nashrning qayd etishicha, Indoneziya Aloqa va axborotlashtirish vazirining bayonoti Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bog‘liq vaziyat fonida yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya ham Telegram’ga qarshi da’volarini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi