Indoneziyada avtobus jarlikka quladi. 27 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
11 mart 2021 5285 1 daqiqa
Kecha, 10 mart kuni Indoneziyaning Sumedang shahrida avtobus jarlikka qulab tushdi. Bu haqda "Jakarta Globe" xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, avtobusning ichida maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari, umumiy hisobda 58 kishi bo‘lgan.
Avtobus ularni Tasikmalaya ziyoratgohiga olib borganidan so‘ng qo‘shni Subang tumaniga ketayotgan bo‘lgan.
Fojia natijasida kamida 27 kishi vafot etgan, ular orasida bolalar ham bo‘lgan. 39 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, qo‘shni qishloq aholisi jabrlanganlarni evakuatsiya qilishga yordam bergan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr