Indoneziya poytaxtini suv bosdi

Olam

image

10 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Indoneziya poytaxti Jakartada mintaqaga urilgan musson tufayli toshqin yuzaga keldi. 

"Yomg‘ir to‘xtadi, ammo Jakartaga boshqa joylardan ham suv kelmoqda. Yaxshiyamki, bu holat shahar markaziga zarar yetkazmaydi va suv pasayganda odamlar o‘z ishlariga qaytishi mumkin", degan Jakarta gubernatori Anis Basvedan. 

Qutqaruvchilar suv sathi 1,8 metrgacha ko‘tarilgan shaharning janubiy va sharqiy tumanlaridan 1,3 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan. 

Shaharda yigirmaga yaqin evakuatsiya markazlari joylashtirilgan. 

Tabiiy ofat qurbonlari haqida ma’lumot berilmagan. 

Bu hali hammasi emas. Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, hududda ushbu mavsumdagi eng kuchli yomg‘ir endi yog‘adi. 

Keyingi haftada poytaxtda kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va shamol bo‘lishi kutilmoqda. 

Yomg‘irli mavsum fevral oyining oxiri yoki mart oyining boshiga qadar davom etishi bashorat qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jakarta

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing