Indoneziyada chiqindixona qulab tushdi: 7 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziya poytaxti Jakarta shahri chekkasida joylashgan Bantaragebang chiqindixonasida chiqindilar uyumi qulab tushishi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 8 mart kuni kuchli yomg‘irlar sabab yuz bergan. Oqibatda ulkan chiqindi uyumi qulab, hududda ishlayotgan odamlarni bosib qolgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yettinchi qurbonning jasadini topgach, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini bildirgan. Avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan ikki kishi esa sog‘-salomat uylariga qaytgani aniqlangan.

Halok bo‘lganlar orasida yuk mashinasi haydovchilari hamda chiqindixona hududida faoliyat yuritgan kichik oziq-ovqat do‘konlari egalari ham bor.

Taxminan 110 gektar maydonni egallagan Bantaragebang poligoni har kuni 6,5–7 ming tonnagacha chiqindi qabul qiladi va Indoneziyadagi eng yirik chiqindixonalardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Kopeysk shahrida joylashgan korxonada yuz bergan portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya chiqindixona Jakarta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing