Hindiston va Pokistondagi keskin vaziyat SHHTga ta’sirini o‘tkazmoqda
Olam
−
04 mart 2019
9307Hindiston va Pokistondagi keskin siyosiy vaziyat Shanxay hamkorlik tashkilotining kun tartibiga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda Qozog‘iston IIB matbuot hizmati raisi Aybek Smadiyarov ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"So‘nggi kunlarda Hindiston va Pokistondagi siyosiy vaziyat SHHTning kun tartibiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Oldinroq, Hindistonda olib borilishi rejalashtirilgan SHHT doirasidagi tadbirlar shu yilning 16 fevral kuni hind Hukumatining shoshilinch qaroriga asosan o‘zgartirildi”, dedi Smadiyarov.
U shuningdek, SHHT faoliyatini tartibga soluvchi nizomga ko‘ra, a’zo davlatlarning ikki tomonlama mojarolari hamkorlik tashkilotining yig‘ilishlari va faoliyatiga halal bermasligi lozim kerakligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, SHHT – bu 2001 yilda O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari tomonidan tuzilgan hamkorlik tashkiloti hisoblanadi. 2017 yil 10 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tkazilgan sammitda SHHT a’zo davlatlari Hindiston va Pokistonni o‘z tarkiblariga qo‘shishga kelishib olishgan edi.
Bugungi kunda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston hamkorlik tashkilotning kuzatuvchilari, Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa hamkor davlatlar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi kelishmovchiliklar shu yilning 14 fevralidagi voqeadan so‘ng keskin tus oldi. O‘sha kuni pokistonlik kamikadze tomonidan Jammu va Kashmir shtatlaridagi harbiy politsiya kolonnasining portlatib yuborilishi natijasida 45 kishi halok bo‘lgan edi.
Ayni vaqtda Pokistonda joylashgan Masud Azxar rahbarligidagi "Jaish-ye-Muxammad" jangarilik guruhi mavjud holat bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan. Guruh Pokiston hududida joylashgan.
Hindiston qo‘shnisini terroristik harakatlarni sodir etishda aybladi, ammo Islomobod buni asossiz deb atab hind Hukumatiga birgalikdagi surishtiruv ishlarini taklif etgan. Buning natijasi o‘laroq, Hindiston harbiy havo kuchlari Pokiston hududiga hujum uyushtirgan va Pokiston hukumati ham o‘z navbatida, hind samolyotlarini urib tushirish bilan javob zarbasini yo‘llagan.
LiveBarchasi