Imtihonlar sabab O‘zbekiston bo‘ylab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 avgust kunidan boshlab oliygohlarga kirish uchun imtihonlar boshlanadi. Shu sababdan hududlarda imtihon o‘tkaziladigan joylarga kelish va ketishda yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ma’lum ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi hamda Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tennis korti atrofi;

— Xorazm viloyati, Urganch shahrida "Xorazm" va "Yoshlik" sport majmuasi atrofi;

— Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohi atrofi;

— Denov tumanidagi Tadbirkorlik va pedagogika universiteti o‘yingohi atrofi;

— Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni atrofi;

— Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasi, "Umid" futbol o‘yingohi va "Dilkusho" tennis stadioni atrofi;

— Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi "Kimyogar" va "So‘g‘diyona" o‘yingohi atrofi;

— Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Lokomotiv", "Nurafshon" futbol o‘yingohi, 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;

— Samarqand va Jomboy tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;

— Jizzax viloyati, "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi atrofi;

— Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi "Guliston" markaziy o‘yingohi atrofi;

— Namangan viloyati, Namangan shahridagi "Navbahor-Umid" va IIV tasarrufidagi "Dinamo" o‘yingohi atrofi;

— To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Yoshlik" o‘yingohi atrofi;

— Andijon viloyati, Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining asosiy o‘yingohi atrofi;

— Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi FaRDU va "Neftchi" o‘yingohi atrofi;

— Marg‘ilon shahridagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;

— So‘x tumanidagi "1-sonli maktab" o‘yingohi atrofi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon

Baholaganlar

172

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing