Imron Xon garov evaziga ozodlikka chiqdi
Jamiyat
−
20 noyabr
4029Pokistonning Islomobod Oliy sudi mamlakat sobiq bosh vaziri va “Adolat harakati” muxolif partiyasi asoschisi Imron Xonni garov evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda “Dawn” nashri xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Imron Xon ikkita – har biri 1 million Pokiston rupiysi (3 611 dollar) miqdorida garov qo‘yish sharti bilan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
Sobiq bosh vazirga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Toshaxona davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq. Ular orasida 7 ta Graff va Rolex soatlari, shuningdek, olmos va oltindan yasalgan 10 ta zargarlik buyumlari bo‘lgan. Sud hukmi bilan Xon va uning rafiqasiga o‘n yilga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlangan va har biri 787 million rupiy (9,4 million dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.
Imron Xon 2018-2022 yillarda Pokiston hukumati rahbari bo‘lgan. U 2022 yil 10 aprelda ishonchsizlik votumidan so‘ng lavozimidan chetlatilgan.
LiveBarchasi