Pokistondagi terakt qurbonlari soni oshmoqda
Olam
−
09 noyabr
2977Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar soni 24 taga yetdi, 46 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.
Aniqlanishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:25 da Jaffer Exspress poezdi Kvettadan Peshavarga jo‘nab ketishidan oldin sodir bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilgan kishi yuk bilan stansiyaga kirib, temiryo‘l vokzali kassasi yonida, odamlar gavjum bo‘lgan joyda terrorchilik hujumini amalga oshirgan.
“Kvetta temiryo‘l stansiyasida terrorchilik hujumi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi va 46 kishi yaralandi”, deydi Kvetta komissari Hamza Shafkat.
Shuningdek, portlashda tinch aholidan tashqari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hokimiyati vakili jamoatchilikni terrorchilik hujumi sodir bo‘lgan joyga yoki yaradorlar joylashgan shifoxonaga bormaslikka chaqirib, “bunday hodisalarda ikki marta hujum qilish xavfi borligini” ta’kidlagan.
“Biz shaharni o‘rab oldik va tekshirmoqdamiz. Har qanday yig‘ilish taqiqlanadi”, deya qo‘shimcha qildi komissar.
Rasmiylarga ko‘ra, portlash uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” terrorchi guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi