Imomali Rahmon O‘zbekiston Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.

Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan muhim ekanini, shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.

Bosh vazir esa Prezident Imomali Rahmonga O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, 2022 yil iyun oyida O‘zbekistonda Oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlar manfaatlariga to‘la javob berishi qayd etilgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston Abdulla Aripov Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing