Foto+video: Imomali Rahmon Prezidentlar uchun do‘stlik oqshomi uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 15 iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti boshlanadi.

Sammitda ishtirok etish uchun Rossiya, Xitoy, Eron, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston. Bangladesh, Shri-Lanka, Turkiya va O‘zbekiston Prezidentlari hamda Afg‘oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla Tojikiston poytaxtiga tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, Dushanbega Bahrayn, Vetnam, Misr, Isroil, Hindiston, Ioraniya, Iroq, Qatar, Kambodja, Janubiy Koreya Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Falastin, Tailand, Belarus, Indoneziya, AQSH, Filippin, Malayziya, Ukraina, Yaponiyadan yuqori martabali delegatsiyalar va BMT, YeXHT, SHHT, MDHdan vakillar kelgan.

Kecha sammit arafasida Tojikiston Prezidenti sammit ishtirokchilari uchun do‘stlik oqshomini uyushtirdi. Imomali Rahmonning Varzob tumanidagi rezidensiyasida ziyofat tashkil qilindi.

Mehmon Prezidentlar Vladimir Putin, Qosim-Jomart Toqayev, Shavkat Mirziyoyev, Maytripala Sirisena, Muhammad Abdul Hamid, Afg‘oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla, Kambodja Bosh vaziri Xun Sen va boshqalarga tojik milliy taomlari taklif qilingan.

Bundan tashqari, Imomali Rahmon mehmonlarni milliy an’analar bilan tanishtirgan, madaniy va tarixiy odatlar haqida so‘zlab bergan. Mehmonlarga Tojikiston tabiiy resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hunarmandchilik mahsulotlari namoyish qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston OHIChK

Baholaganlar

241

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing