Imomali Rahmon Xitoydagi “Bir makon, bir yo‘l” forumiga bormadi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 17–18 oktyabr kunlari Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tadigan “Bir makon – bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etmaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Rahmonning Xitoyga bormasligi sababi ochiqlanmagan, biroq u 19-21 oktyabr kunlari Tojikistonning Xatlon viloyatiga safar qilishi rejalashtirgani aytilgan. 

Ma’lumot uchun, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining uchinchi forumi mazkur tashabbusning 10 yilligiga bag‘ishlangan. Dastlab, tadbir 15-17 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, keyinchalik sanalar 17-18 oktyabrga ko‘chirilgan. 

Xitoyning “Global Times” nashriga ko‘ra, forumga 130 dan ortiq davlatdan delegatsiyalar va 30 ta xalqaro tashkilot vakillari taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mazkur forumda qatnashish uchun Xitoyga yetib borgandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Xitoy Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Pekin shahriga yetib borgan. Biroq Fransiya va Germaniya yetakchilari Emmanuel Makron va Olaf Shols taklifnoma olmagan. Italiya yetakchisi Jorjiya Meloni ham taklif qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Xitoy Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing