Imomali Rahmon kenja o‘g‘lini uylantirdi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kichik o‘g‘li Somon Imomalini uylantirdi. “Sputnik Tojikiston” manbasi to‘y tor oilaviy doirada o‘tganini aytgan. Shuningdek, Prezidentning kelini kim bo‘lgani ham ma’lum bo‘ldi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, kelin Xatlon viloyatidagi davlat xizmatchilaridan birining qizi.

Ma’lumki, Somon Imomali avvalroq “Talko Kabel” bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Shunday qilib, 2019 yil iyul oyida Tojikiston Milliy universitetini tamomlagach, shu yirik sanoat korxonasida ish boshlagan.

Somon Imomali xalqaro maktab o‘quvchisi bo‘lganida Ruminiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro maktab olimpiadasida sinfdoshi bilan birgalikda lug‘at dasturini yaratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Imomali Rahmonning 7 qiz va 2 o‘g‘li bor.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

2714

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing