Imomali Rahmon Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tarafdori ekanini aytdi

Olam

image

Tojikiston hukumati Afg‘onistondagi vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilishi va davlatda aholining turli guruhlari manfaatlarini ifodalovchi inklyuziv hukumat tashkil etilishi tarafdori. Bu haqda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdi. 

“Tojikiston har doim Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelgan va biz aholi, ayniqsa, ayollar huquq va erkinliklarini kafolatlash uchun barcha etnik, siyosiy va ijtimoiy guruhlar vakili bo‘lgan inklyuziv hukumat tuzilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu tinchlik uchun mustahkam zamin yaratadi”, deydi u sammitda so‘zlagan nutqida. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tojikiston vaziyatni hal qilish va Afg‘onistondagi muhtojlarga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha barcha diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shuningdek, u arab davlatlari va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini transmilliy jinoyatchilik va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirgan. 

2021 yil bahorida AQSH o‘z Qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng “Tolibon” mamlakat ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan edi. 15 avgust kuni toliblar Qobulga jangsiz kirib keldi va 7 sentyabr kuni qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi. 

2021 yil sentyabr oyi boshida Afg‘onistonning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatgan “Tolibon” tarafdorlari ayollar va qizlarga turli cheklovlar qo‘ya boshladi va buni mamlakatda “tegishli islomiy muhit” yaratish zarurati bilan izohladilar. Jumladan, 20 yilga yaqin mavjud bo‘lgan Xotin-qizlar ishlari vazirligi tugatilib, o‘rniga Islomiy da’vat, hidoyat, amr va ma’rifat vazirligini tashkil etildi, qizlarning maktablarga kirishi cheklandi va ko‘chada, jamoat joylarida ayollar ro‘mol o‘rashga majburlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing