Imomali Rahmon Afg‘oniston xalqaro terrorizm uyasiga aylanishidan ogohlantirdi 

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afg‘onistonda xalqaro terrorizm qayta tiklanish xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Tojikiston rahbari kecha, 23 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Bugun tinchliksevar afg‘on xalqi terrorga duch kelmoqda. Biz tushunishimiz kerakki, bu afg‘on xalqining aybi emas, bu vaziyat tashqaridan uyushtirilgan va afg‘on xalqiga yuklangan. Turli xil terrorchi guruhlar Afg‘onistondagi beqaror harbiy-siyosiy vaziyatdan faol foydalanib, o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda”, deydi Imomali Rahmon.

Tojikiston Prezidenti o‘z chiqishida jiddiy tashvishda ekanini yashirmagan. 

“ISHID va “Al-Qoida” kabi boshqa terrorchi guruhlarning minglab a’zolari ozod qilinganiga guvoh bo‘ldik. Jiddiy tashvishdamiz va afsusdamizki, bugun Afg‘oniston yana xalqaro terrorizmni shakllantirish maydoniga aylanish yo‘lida”, deydi u.

Tojikiston lideri Afg‘oniston 40 yildan ortiq qurolli to‘qnashuvlardan aziyat chekib kelayotganini eslab o‘tgan.

“Butun dunyo 2001 yil sentyabridagi dahshatli voqealarning oqibatlarini yaxshi anglaydi. Azob chekayotgan Afg‘oniston va do‘st qardosh xalqlar yana qonli urush qa’riga tushib qolmasligi kerak. Bu borada xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda yashovchi millatlar va xalqlarning taqdiriga befarq bo‘lmasligi kerak. Shu sababli ular bu vaziyatni hal qilish uchun faol harakat qilishlari kerak”, deydi Tojikiston Prezidenti.

Imomali Rahmonning aytishicha, AQSHning o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi qarori mamlakatdagi hozirgi inqirozga sabab bo‘ldi va bu mas’uliyatsizlikdir. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing