Imkoniyatimdan yuz foiz foydalanishga harakat qilaman – Fayzullayev

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevga SSKAning Fakelga qarshi o‘yinidan oldin hech kim unga maydonga tushishini aytmagan. Bu haqda Fayzullayev “Chempionat.com”ga ma’lum qildi.

Fayzullayev “armiyachilar” safida debyut qilish imkoniyatini kutayotganini aytdi.

“Fakel” bilan o‘yinda hamma harakat qildi, hamma borini berdi. Biz imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. O‘yin oldidan menga ehtimoliy debyut haqida hech narsa aytilmagandi. Imkoniyatimni kutaman va undan yuz foiz foydalanishga harakat qilaman. Stadiondagi muhit juda ajoyib. Ayniqsa, muxlislarimiz”, deydi Abbosbek Fayzullayev.

Shuningdek, Abbosbek SSKAga ko‘chib o‘tishi biroz cho‘zilganini aytib o‘tdi.

“Men hamma narsa tezroq tugashini, barcha hujjatlarni hal qilinishini kutdim. Transfer bo‘lishimdan oldin ko‘pchilik bilan maslahatlashdim. Keyinroq SSKAni tanladim”, deydi futbolchi.

19 yoshli Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda vinger 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing