Ilon Maskning Twitter sahifasi eng ko‘p o‘qiladigan akkaunt bo‘ldi

Bu qiziq

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Twitter'dagi sahifasi ijtimoiy tarmoqda obunachilar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan sahifa sifatida tan olindi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Ginnesning rekordlar kitobi saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Ilon Mask 44 milliard dollarga platformani sotib olganidan besh oy o‘tib Twitter'da eng ko‘p kuzatuvchiga ega shaxsga aylangan. 133 million obunachiga ega 51 yoshli texnomagnat 2020 yilda rekord o‘rnatgan AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamani ortda qoldirgan. 

Manbaga ko‘ra, har oyda platformadan foydalanadigan 450 millionga yaqin odamning 30 foizi Maskga obuna bo‘lgan. Biznesmen 2022 yil oktyabr oyida Twitter'ni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaganidan beri uning akkauntiga 23 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Milliarderning obunachilari har kuni 100 mingga ortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mask 2022 yil 27 oktyabrda tadbirkor Twitter'ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik shartnomani tugatgandi. Shundan so‘ng u darhol kompaniya rahbariyatining bir qator a’zolarini, jumladan, bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Segalni ishdan bo‘shatgandi. Keyinchalik Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yuborgan va kompaniyaning yagona rahbariga aylangan. O‘tgan yilning dekabr oyida esa reklama beruvchilar hamkorlikdan voz kechganidan so‘ng Twitter'ning daromadi 40 foizga qisqargani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing