Ilon Maskning raketasi sinov parvozi vaqtida portlab ketdi (video)

Olam

image

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship raketasining ilk sinov parvozi muvaffaqiyatsiz kechdi. Raketa 38 kilometr balandlikda portlab ketdi. Bu haqda CNN xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, parvozga bugun, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:28 da start berilgan. Ekipajsiz raketa ko‘p o‘tmay havoda portlab ketgan. 

“Muvaffaqiyatga shunday sinov tufayli o‘rganganlarimiz natijasida erishiladi. Bugungi sinov bizga keyingi safar xatolarni takrorlamaslikka va Starship ishonchliligini oshirishga yordam beradi, chunki SpaceX hayotni ko‘p sayyoraviy qilishga intiladi”, deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida. 

Ma’lumot uchun, ushbu raketa hozirgacha yaratilganlar orasida eng ulkani bo‘lib, balandligi 120 metr, eni 9 metrdan iborat. Bugungi sinov orbital emas, ballistik ya’ni suborbital holda amalga oshirildi. Bunda raketa orbitaga olib chiqilmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, uning parvozi 17 aprel kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan, biroq bosim klapanidagi nosozlik sabab kechiktirilgandi

NASA 2025 yil oxirida “Artemida III” dasturi doirasida astronavtlarni Oyga olib chiqish uchun aynan Starship raketasini tanlagan. Bu 1972 yilda “Apollon” missiyasi yakunlanganidan keyingi dastlabkisi bo‘lishi kutilmoqda. 

Mask ushbu dasturning maqsadi Oy va Marsda bazalar qurish hamda odamlarni ko‘p sayyoraviy sivilizatsiyaga ega bo‘lishini yo‘lga qo‘yish ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask Starrship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing