Ilon Mask Putinni suhbatga taklif qildi

Olam

image

Amerikalik taniqli ishbilarmon Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Twitter’dagi rasmiy akkauntiga ikki tilda murojaat qildi va uni tobora ommalashib borayotgan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbat qilishga taklif etdi.

“Siz Clubhouse’da suhbatlashish uchun menga qo‘shilishni xohlaysizmi?”, deb yozadi Mask.

Ilon ushbu xabarini Twitter’da yozib, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining ingliz tilidagi rasmiy akkauntini qayd etgan.

“Siz bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘lar edi”, deb rus tilida qo‘shib qo‘ygan Mask.

 

Ma’lumot o‘rnida, Clubhouse – bu ovozli xabar bilan aloqa qilinadigan dastur bo‘lib, unga faqat taklifnoma orqali kirish mumkin. Ushbu ijtimoiy tarmoqda alohida “xonalar” ham mavjud bo‘lib, ularda foydalanuvchilar turli mavzularni muhokama qilishi, tinglovchilar esa har xil suhbatlarni eshitish uchun kirishi yoki chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Ilon Mask

Baholaganlar

720

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing