Ilk bor o‘zbekistonlik 4 shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100 talikka kirdi
Sport
−
06 Sentabr 2022
5894Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sentyabr oyi uchun jahon shaxmatchilari reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov reytingini 2713 ga yetkazib, jahon reytingida 64-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarildi.
Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, muvaffaqiyatga erishgani sabab shunday natijaga erishdi. U yosh shaxmatchilar reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab, 4-o‘ringa chiqdi.
FIDE’ning TOP-100 reytingida o‘zbekistonliklar soni ilk marta 4 nafarga yetdi. Rustam Qosimjonov (2670) 72-o‘rinda bormoqda. Olimpiada chempionlari — Nodirbek Yoqubboyev (2656) va Javohir Sindorov (2651) kuchli yuztalikka kirib, mos ravishda 89- va 92-o‘rinlarni band etishdi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE reytingida 18-o‘ringa ko‘tarildi (+1).