Ilk bor O‘zbek kinosi jahonning yetakchi kinoprokatlarida sotildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston milliy kino mahsulotlari ilk bor xalqaro kinoprokatda sotildi va bir qancha shartnomalar tuzildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, bu O‘zbek kinolarining ilk bor jahonning yetakchi kinoprokatlarida sotilishi va davlat byudjetiga valyuta keltirishi. 

Gonkongda bo‘lib o‘tgan Osiyo qit’asining eng yirik kino va televizion mahsulotlar “FILMART” bozorida “O‘zbekkino” mahsulotlaridan “Sabot”, “Sarvqomat dilbarim”, “Oyqiz ertagi”, “Issiq non”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Nazira” (xususiy) kabi badiiy filmlari sotilgan hamda “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi”, “Xojai jahon Abduxoliq G‘ijduvoniy”, “Qadimiy Buxoro”, “Xoja Bahouddin Naqshband”, “Haqiqat qilichi” nomli hujjatli va yana ikkita qisqa metrajli “Urushning so‘ngi qurboni”, “Mama” (Ona) filmlari ham kinoshunoslar tomonidan yaxshi baholanib, ular bo‘yicha ham shartnomalar tuzilgan. Mo‘g‘ulistonning “DIGITAL CONTENT So, LLC” distribyuterlik kompaniyasi kinobozorga olib borilgan yuqoridagi barcha filmlarga xaridor bo‘lgan. Mazkur kompaniya ularni o‘z mamlakati hududida namoyish etish bilan birga, xorijdagi hamkorlari orqali jahonga tarqatish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Fransiyaning “ALL RIGHTS ENTERTAINMENT” kompaniyasi vakilining (Aurelien Piris) milliy filmlarimizni xususiy kabel televideniyelarida namoyish qilish huquqini olish hamda O‘zbekiston hududida mahalla kinoijodkorlar bilan hamkorlikda filmlar tasvirga olish masalalarida bergan takliflarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Yaponiyaning “NIKKATSU CORPORATION” distribyuterlik kompaniyasi bilan milliy filmlarimizni Yaponiyaning internet telekanallaridagi namoyishini tashkil etish uchun filmlar paketini belgilangan texnik talablar asosida tayyor holda taqdim etilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkino

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing