Ilhom Aliyev Moskvaga bordi (video)

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 22 aprel kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga bordi. Bu haqda Ozarbayjon davlati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

“Moskvaning “Vnukovo-2” aeroportida Prezident Ilhom Aliyevni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi”, deyiladi xabarda.

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Aliyev Putin bilan uchrashadi. Unda Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish hamda dolzarb mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashish rejalashtirilgan.

Ikki davlat rahbarlari Ilhom Aliyevning otasi (o‘sha paytdagi SSSR Vazirlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik Ozarbayjon prezidenti bo‘lgan) Haydar Aliyev rahbarligida bunyod etilgan Baykal-Amur magistralining qurilishi faxriylari bilan uchrashadi. Bu yil magistral temiryo‘l qurilishiga 50 yil to‘ldi.

Kreml voizi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, davlat rahbarlarining suhbati ishchi nonushta ustida davom etadi. Peskov Moskvaning Italiya va Turkiyadan keyin Bakuning uchinchi muhim savdo sherigi ekanligini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon tarkibidagi Qorabog‘ hududidan chiqib keta boshlagandi. Keyinchalik Qorabog‘ mojarosi hududida o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy amaliyotlarni kuzatish bo‘yicha Rossiya-Turkiya qo‘shma markazi o‘z ishini yakunlayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing