Ilhom Aliyev “Ko‘ksaroy”da qarshi olindi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 23 avgust kuni Toshkentdagi “Ko‘ksaroy” davlat qarorgohida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ozarbayjon Prezidenti va birinchi xonim Mehribon Aliyevani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva kutib olgan.

Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat bayroqlari hilpiragan maydonda Ilhom Aliyev sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangragan. O‘zbekistonning davlat va hukumat vakillari Prezident Ilhom Aliyevga, Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari Prezident Shavkat Mirziyoyevga tanishtirilgan.

Ayni damda Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva O‘zbekistonga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribon Alieva Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made