Ilhom Aliyev ishg‘oldan ozod qilingan shaharga madaniy poytaxt maqomini berdi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti  Ilhom Aliyev Armaniston mustamlakasidan ozod qilingan Shusha shahrini Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qildi. Davlat rahbari bu haqda Anar Kerimovni respublika Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlash chog‘ida aytib o‘tdi. 

“Shusha shahri bunga loyiqdir. Menimcha, Shushani nafaqat Ozarbayjon, balki mintaqaning madaniy poytaxti deb hisoblash mumkin. Shushining madaniy hayoti boy bo‘lishi kerak”, dedi Prezident. 

Unga ko‘ra, Shushani qayta tiklash ishlari allaqachon boshlangan. 

Ushbu shaharga mutaxassislarning katta guruhi yuborilgan, uy-joy fondi va tarixiy yodgorliklarning auditini o‘tkazish, yetkazilgan zararga aniq baho berish rejalashtirilgan.  

“Biz shaharni tiklashni boshlashimiz kerak. Shushaning tarixiy qiyofasini tiklash kerak”, deydi Ilhom Aliyev. U mamlakat madaniy poytaxtidagi masjidlarni kapital ta’mirlash muhimligini ta’kidladi. 

Prezident yana Ozarbayjonda 2021 yilni "Nizomiy yili" deb  e’lon qildi. 

Ozarbayjon rahbari bu yil shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi nishonlanishini esladi. 

Aliyev shuningdek diniy va arxitektura yodgorliklarini muhofaza qilish bilan bir qatorda mug‘am va ashug‘at san’atini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Armaniston bosqini paytida masjidlarning 60 foizdan ko‘prog‘i vayron qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing