Ilhom Aliyev Erdo‘g‘an sovg‘a qilgan elektromobilda Istanbuldagi festivalga bordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 aprel kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev Turkiyaning birinchi Togg elektromobilida TEKNOFEST texnologiya festivalida qatnashish uchun Istanbulga keldi. Erdo‘g‘an Ozarbayjon rahbarini festival maydoniga shaxsan o‘zi olib keldi.

Mahalliy telekanallarning jonli efirlarida Prezidentlardan tashqari ularning turmush o‘rtoqlari ham bo‘lgan qizil elektromobilning TEKNOFEST ko‘rgazma pavilonlari bo‘ylab asta-sekin harakat qilgani ko‘rsatildi. Ko‘ngillilar yo‘l bo‘ylab turib, turkiy mehmonlarni kutib olish odatiga ko‘ra, avtomobil kapoti va old oynasiga oq va qizil chinnigullar otdi.

Erdo‘g‘on festivalda chiqish qilgan. Taklif etilgan mehmonlar orasida Liviya Milliy birlik hukumati rahbari Abdel Hamid Dbeyba ham bo‘lganr.

Ma’lumot uchun, TEKNOFEST festivali 2023 yil 27 apreldan 1 mayga qadar Istanbulning Otaturk aeroportida bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiyadagi texnologik innovatsiyalar va ishlanmalar, jumladan, ko‘p sonli mudofaa mahsulotlari taqdim etiladi. Festival doirasida texnologiya tanlovlari, havo shoulari, konsertlar va panel muhokamalari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Erdo‘g‘an Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlariga Turkiyaning birinchi milliy elektromobili Togg yuborilishini aytgan edi. 4 aprel kuni avtomobil Ilhom Aliyevga, 12 aprelda esa Shavkat Mirziyoyevga topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ozarbayjon Ilhom Aliev Erdo'g'an elektromobil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing