Ikkita qizildan keyin ham to‘xtab qolmadik – Sadriddin Hasanov (video)

Sport

image

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi hujumchisi Sadriddin Hasanov final o‘yinidan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalo, barchasi uchun Alhamdulillah. Ikkita qizildan keyin ham to‘xtab qolmadik. Vatanimiz uchun oxirigacha kurashdik. Shu yergacha kelgan har bir muxlis uchun kurashdik. Murabbiylarimizning ishonchlarini, mehnatlarini oqladik. Gol urgan vaziyatimga keladigan bo‘lsak, ichimdan nimalar o‘tganini ta’riflay olmayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat”, deydi Hasanov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘yinchisi Sadriddin Hasanov Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Sadriddin Hasanov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing