Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng qiyin davrni boshdan o‘tkazyapmiz – BMT Bosh kotibi
Olam
−
01 aprel 2020
4143Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha, 31 mart kuni pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida ma’ruza qildi. Unda koronavirus keltirib chiqargan global inqiroz Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng qiyin davr ekanligini aytdi.
Uning tushuntirishicha, gap sayyoradagi barcha insonlarga xavf solayotgan kasallik haqida bormoqda. Bundan tashqari, koronavirus sabab yuzaga keladigan iqtisodiy tanazzul ham insoniyat hayotiga juda katta talofat yetkazadi.
Guterrishning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning kombinatsiyasi va uning iqtisodiy ta’siri beqarorlikni kuchaytiradi, tartibsizliklar va nizolarni avj oldiradi.
“Bu haqiqatan ham Ikkinchi jahon urushidan beri boshimizdan kechirgan eng og‘ir inqiroz ekaniga dalil bo‘la oladi”, dedi BMT Bosh kotibi.
Shuningdek, u ko‘plab mamlakatlar 5 trln AQSH dollari safarbar qilinganiga qaramay, JSST ko‘rsatmalariga rioya qilmayotganini tashvish bilan gapirib o‘tdi.
LiveBarchasi