Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mlndan pul mukofoti beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir yo‘la pul mukofoti belgilandi. 

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlaydi. 

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing