Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga Sobiq Ittifoq nega ayblanmoqda? Ekspert fikri
Olam
−
11 may 2020
14687G‘arb Sobiq Ittifoqning fashist bosqinchilari ustidan G‘alabaga qo‘shgan hissasini tashkiliy ravishda pasaytirishga harakat qilmoqda. Bu fikr “Suddeutsche Zeitung” nemis nashriga bergan intervyusida Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti madaniy yodgorlik va ramziy siyosatni o‘rganish markazi direktori Aleksey Miller tomonidan bildirildi.
“Ushbu siyosat Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari kabi Yevropa Ittifoqi a’zolari belgilagan yo‘nalishga muvofiqdir”, deya ta’kidladi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ikkinchi Jahon urushi va Ulug‘ Vatan urushini yoritishda yangi tendensiya paydo bo‘ldi. Unda nafaqat fashistlar, balki Sobiq Ittifoq ham “mutlaq yovuzlik”, deb hisoblanadi.
Shuningdek, tarixchi Sobiq Ittifoqni “mutlaq yovuzlik” sifatida fosh qilish strategiyasi Sharqiy Yevropada, birinchi navbatda, Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarida paydo bo‘lganini qayd etdi.
Avvalroq, Germaniyaning sobiq ichki ishlar vaziri Gerxart Baum sovet qo‘shinlari Berlin va umuman Germaniyani natsistlardan juda katta talafot evaziga ozod qilinganini, buni doim yodda tutish lozimligini ma’lum qilgan edi.
Rossiya hukumati ayrim davlatlar tarixni qayta yozishga harakat qilayotganini bir necha bor ta’kidlamoqda. Prezident Vladimir Putin Moskva Ulug‘ Vatan urushi haqidagi haqiqatni ta’minlash va uning tarixini qalbakilashtirish harakatlariga qarshi turishga majbur ekanligini ma’lum qildi.
“Tarixni qayta yozish va Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga Sobiq Ittifoq va Germaniyaning javobgarligini tenglashtirishga urinishlar Rossiyani uzr so‘rashga majbur qilish uchun qilinmoqda”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.
LiveBarchasi