Ikkinchi urinish. Turkish Airlines avgustdan O‘zbekiston bilan aviaqatnovni tiklamoqchi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyulidan O‘zbekistonga parvozlarni tiklashini e’lon qilib, keyinroq bu rejasi amalga oshmay qolgan Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi yana bir bor omadini sinab ko‘rmoqchi. Bu safar xorijiy aviakompaniya 1 avgustdan Istanbul-Toshkent-Istanbul parvozlarini tiklashni rejalashtiryapti. Bu haqda ِ"Anadolu" agentligi xabar berdi.

Turkish Airlines`ning avgust oyi uchun parvozlar rejasida 10 dan ortiq davlatga xalqaro reyslarni amalga oshirish ko‘rsatilgan. 1 avgustdan aviakompaniya O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Hindiston va Misr kabi davlatlar bilan aviaaloqani tiklamoqchi.

“Bu davrda safarlarni rejalashtirish naqadar qiyinligini bilgan holda sizlarga sayohat qilish uchun qulay imkoniyatlar taklif etishdan xursandmiz”, deyiladi xabarda.

Aviakompaniya shuningdek, 21 martdan 31 avgustgacha bo‘lgan chiptalar sanasida chekalanmagan miqdorda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Turkish Airlines 1 avgustdan Sheroz va Tabriz (Eron), Bag‘dod, Arbil va Sulaymoniya (Iroq), Kuvayt, Abu-Dabi va Dubay (BAA), Ar-Riyod, Dammom va Jidda (Saudiya Arabistoni), Mumbay va Nyu-Deli (Hindiston), Bishkek (Qirg‘iziston), Toshkent (O‘zbekiston), Konstantin va Vaxran (Jazoir), Aleksandriya, Xurgada va Sharm al-Shayx (Misr), Tunis, Duala va Yaunde (Kamerun), Nayrobi (Keniya), Akra (Gana), Keyptaun va Yoxannesburg (JAR), Dor-us-Salom va Zanzibarga (Tanzaniya) parvozlarni tiklashni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkish Airlines

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing