Turkish Airlines'ning sabrsiz yo‘lovchilari jarimaga tortiladi
Olam
−
13 may 2025 4526 2 daqiqa
Turkish Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilarini samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turgani uchun jarimaga tortadi. Bu haqda “Haber Gazetesi” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda Turkiya aviakompaniyasi yo‘lovchilari samolyot to‘liq to‘xtamasdan va xavfsizlik kamarlarini yechish belgilari o‘chirilmasdan o‘rnidan tursa, ular ma’muriy jarimaga tortilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar kuchga kirdi va Turkish Airlines ushbu o‘zgarish haqida bort ekipajini ogohlantirdi.
Yangi tartibga binoan, ekipaj xayrlashuv e’lonidan so‘ng ham yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini yechish belgisi o‘chmaguncha joylaridan turmaslikka ogohlantirishi lozim.
“Tijorat reyslari davomida beriladigan yo‘lovchi e’lonlariga kiritilgan o‘zgartirishlar bortda chekuvchilarning, shuningdek, samolyot to‘liq to‘xtamasdan va xavfsizlik kamari belgilari o‘chirilmasdan o‘rnidan turuvchilarning tartibni buzishining oldini olishga qaratilgan. Ushbu choralarning maqsadi – yo‘lovchilar orasida tartib va xabardorlik darajasini oshirish”, deyiladi xabarda.
Turkish Airlines'ga ko‘ra, endilikda, samolyot to‘liq to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlar, yuk javonlarini ochganlar yoki ekipaj ko‘rsatmalariga zid harakat qilganlar ham qoidabuzar hisoblanadi va ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘riladi.
Xabarga ko‘ra, ushbu choralarni qo‘llashdan maqsad baxtsiz hodisalarning oldini olish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya havo yo‘llari (Turkish Airlines) uchuvchisi Sietl – Istanbul reysi davomida vafot etgan edi.
Live
Barchasi