Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi

Olam

image

Turkiya havo yo‘llari (Turkish Airlines) uchuvchisi Sietl – Istanbul reysi davomida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot kotibi Yahyo Ustun X'da ma’lum qildi.

“TK204 reysi bilan Sietldan Istanbulga uchayotgan Airbus 350 samolyotimizning kapitan uchuvchisi Ilchexin Pehlivan parvoz paytida hushidan ketdi”, deydi u.

Ustunning ma’lum qilishicha, uchuvchini hushiga keltirish bo‘yicha birinchi tibbiy yordam natija bermagan. Shundan so‘ng, ekipaj Nyu-Yorkka majburiy qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan, biroq uchuvchi samolyot qo‘nishidan oldin vafot etgan.

Aviakompaniya vakilining ma’lumotiga ko‘ra, Pehlivan muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va uning sog‘lig‘ida parvozni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan hech qanday muammo aniqlanmagan. Erkak 59 yoshda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York Turkish Airlines Sietl—Istanbul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing