Ikki yashar o‘zbekistonlik bola fojiali halok bo‘ldi
Olam
−
02 may 2019
17172Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk shahrida ikki yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi. Hozirda bolakayning halok bo‘lishi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilyapti.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 30 aprel kuni soat 8:40 da bola Shishkanya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan tushib ketgan.
“Bola onasi bilan ko‘p qavatli uyning 4-qavatidagi kvartirada bo‘lgan. Xonada maxsus to‘siqlar va bolalardan himoya vositalari bo‘lmagan deraza ochiq turgan. Kattalar nazoratisiz qolgan bola deraza rafiga chiqqan va to‘rtinchi qavat balandligidan pastga tushib ketgan”, deyiladi RF Tergov qo‘mitasining Leningrad viloyati boshqarmasi xabarida.
Bolakay olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Tekshiruvlar yakunlangach, tergovga qadar tekshiruv natijalari asosida protsessual qaror qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, bolaning 25 yoshli onasi ham, 29 yoshli otasi ham rasman hech qayerda ishlamaydi. Bolakayning onasiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish qoidasini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
LiveBarchasi