Ikki yashar qizcha ilonni tishlab oldi

Olam

image

Turkiyaning Bingel viloyatida ikki yoshli qiz og‘ziga kirib ketgan ilonning bo‘ynidan tishlab oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 avgust kuni ikki yashar qiz uyining hovlisida o‘ynab yurgan. To‘satdan uning pastki labini ilon chaqib olgan, shuning uchun bola qo‘rqib ketib, qichqirgan. 

Qizning ovozini eshitib, yugurib kelgan qo‘shnilari bola tishlari orasida 50 santimetrlik ilonni mahkam ushlab turganining guvohi bo‘lgan.

Ular qizning og‘zidan ilonni olib, o‘ldirgan. Shundan so‘ng bola uchun tez yordam chaqirgan. Qiz shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli deb baholangan. Shifokorlar qizning hayoti xavf ostida emasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

859

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing