Ikki yarim millionga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyada ishlamoqda

Jamiyat

image

Umumiy hisobda 2018 yilda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga 5,114 milliard dollar o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlarida ma’lum qilingan. 

Eng ko‘p mablag‘lar Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va АҚШдан yuborilgan.

O‘zbekiston rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda xorijiy mamlakatlarda 2,6 million O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilgan. Bu mehnatga layoqatli aholi sonidan 20% ini tashkil qiladi. Mehnat migrantlarining 85 % - Rossiyada ishlayotgani ham ma’lum.

2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,4 %ga oshdi. 

“2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,963 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 1,4 %ga ko‘p”, deyilgan Markaziy bank hisobotida.

2017 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 3,907 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Rossiya IIV xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari jami migrantlarning 10 %ini tashkil qiladi. Bu 1 millionga yaqin fuqaro.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing