Ikki viloyatda yerni noqonuniy sotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
10 fevral 2023
7037Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Boyovut tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJga qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun noturar joy sifatida berilgan yerni turar joy qurish uchun kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridorga rasmiylashtirib berishni vada qilgan. Oqibatda u xaridordan bu ush evaziga 12 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Andijon viloyatida ikki fuqaro Ulug‘nor tumanidagi fermer xo‘jalik rahbariga mazkur xo‘jalik yer maydonlarida sherikchilik asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlarini aytib, uning ishonchiga kiradi. Ular fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonining kadastr hujjatlarini hamda fermer xo‘jaligining rasmiy muhrini qo‘lga kiritishadi.
Mazkur ikki fuqaro ushbu 4 gektar yer maydonini 148 million 200 ming so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, undan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Urganchda mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari va yana bir necha shaxslar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi