Ikki viloyatda o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
31 yanvar
13098O‘zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olis hududlardan qatnaydigan maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida ma’lum qilindi.
Farmon loyihasi hozirda keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.
Loyihada Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.
Farmon loyihasiga ko‘ra, mazkur tartib 1 sentyabrdan boshlab amalga oshirilishi, uning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat hokimligi mas’ul bo‘lishi belgilanadi.
Ma’lumot uchun, ushbu hujjat hali loyiha bo‘lib, hozircha yuridik kuchga ega emas.
LiveBarchasi