Ikki viloyatda korxona rahbarlari 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini “uxlatdi”
3-sahifa
−
26 yanvar 2023
8593Samarqand va Namangan viloyatida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Namangan viloyati Norin tumanida “O.P.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.X. attraksion jihozlarini olish uchun bankdan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 228,8 ming AQSH dollarlik jihozlarini sotib olmasdan, kredit mablag‘ini “R.I.” xorij kompaniyasi orqali naqdlashtirib o‘zlashtirgan.
Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanida “Z.J.” MCHJ rahbari S.B. issiqxona qurish uchun bankdan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li orqali talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlangandi.