Ikki viloyatda ish va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
14 fevral
4142Qashqadaryo va Navoiyda pul evaziga ish va o‘qishga joylashtirib qo‘yishni taklif qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda D.N. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MCHJning qurilish va ta’mirlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. Ushbu shaxs jami pullardan bo‘nak sifatida 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.C.” MCHJ rahbari fuqaro N.A.ni Qarshi shahar Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo va Namanganda pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni taklif qilgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi